Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida yana medallar qo‘lga kiritildi

  • 7 sentabr, 2018, 16:54
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarining to‘rtinchi kunida sportchilarimiz gyulesh (Azarbayjon kurashi), ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi) turlari bo‘yicha bahslarga kirishgani va ko‘pkarichilarimiz yarim finalga chiqishgani haqida xabar bergan edik.

Dunyoning 41 davlatidan 54 nafar sportchi ishtirok etgan ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi) bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda vakillarimiz Alisher Xudoyberdiev (-80 kg) oltin, Islom Nosirov mutlaq vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Gyulesh (Azarbayjon kurashi) bo‘yicha o‘tkazilgan o‘yinlarda yurtdoshimiz Sherali Shodmonov (-80 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

2_2.730x400

Shuningdek, kecha, 6 sentyabr kuni o‘tkazilgan ko‘pkari bo‘yicha yarim final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston jamoasi ustidan 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Final bahslari bugun, Toshkent vaqti bilan 17:00da Cho‘lpon-Ota shahridagi “Ippodrom” arenasida o‘tkazilib, unda vakillarimiz mezbon Qirg‘iziston jamoasi bilan bellashadilar.

Bugun, 7 sentyabr kuni sportchilarimiz kurash va sambo turlari bo‘yicha ham bahslarga kirishishdi va dastlabki natijalar qayd etildi. Kurash bo‘yicha jamoamiz a’zolari Muxriddin Tilovov (-66kg) va Temurxon To‘raev (-81 kg) o‘yinlarning oltin medalini qo‘lga kiritishdi.

85516_w750_h562_r (1)

Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabrdan 8 sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan sportchilar 50 ta sport turi bo‘yicha 500 dan ortiq medallar jamlanmasi uchun bahs olib bormoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi bo‘yicha 58 nafar sportchi bilan ilk bor rasman ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!