Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarining ikkinchi kunida 8 ta medal ko‘lga kiritildi

O‘yinlarda qozoq kurashi bo‘yicha 20 ta davlatdan 56 nafar sportchi ishtirok etib, murosasiz kechgan bahslarda yurtdoshlarimiz Sarvar Ikromov (-90 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi. Goresh (Turkmaniston kurashi) bo‘yicha bo‘lgan bahslarda esa Sherzod Raximov mutlaq vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda  Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Lochin ovi va tayganlar yugurishi bo‘yicha bahslarda dunyoning 10 ta davlatidan 25 nafar sportchi ishtirok etib, lochinda ov yo‘nalishida yurtdoshimiz Denis Tsoy bronza medalini qo‘lga kiritdi.

27 ta davlatdan 127 nafar nafar sportchi ishtirok etgan mas-restling bo‘yicha bahslarda vakillarimiz salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritishdi. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Regina Mulyasheva (-55 kg)kumush, Madina Elieva (-125 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, erkak sporchilarimiz Islom Abdumalikov (-60 kg), Ilyos Kadirov (-90 kg), Nasim Radjabov (-125 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Shunday qilib, kecha, 4 sentyabr kuni o‘tkazilgan bahslarda 20 nafar sportchimiz ishtirok etdi va jami 8 ta medal (2 ta kumush, 6 ta bronza) qo‘lga kiritildi.

Bugun, 5 sentyabr sanasida O‘zbekiston vakillari mangol box (Mo‘g‘uliston kurashi) va qirg‘iz kurashi turlari bo‘yicha bahslarga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabrdan 8 sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan 1556 nafar sportchi medallar uchun bahs olib bormoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi bo‘yicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!