“Buxoro”ga qarshi o‘yinda Bobur Qosimov va Jamoliddin Ubaydullaev “Mash’al”ga yordam bera olmaydi
“Mash’al” jamoasi bugundan boshlab «Buxoro»ga qarshi tayyorgarlikni boshladi.
Muborakliklarga ushbu turda Bobur Qosimov va Jamoliddin Ubaydullaev yordam bera olmaydilar. Qosimov «Qo‘qon-1912» bilan Ubaydulloev esa «Istiqlol»ga qarshi bahslarda jiddiy jarohat olishgandi.
Tarkibdagi qolgan barcha futbolchilar mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar. Eslatib o‘tamiz «Mash’al» bu turni safarda «Buxoro»da o‘tkazadi. Ushbu bahs 22 aprel (shanba) kuni, Buxorodagi markaziy o‘yingoxida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar