
Chalxanoglu yana Bundesligaga qaytishga yaqin turibdi
"RB Leyptsig" klubi "Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanogluni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis klubi 24 yoshli turkiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib olmoqchi. O‘z navbatida “rossonerilar” ham ushbu transferga qarshi emas, faqat buning uchun 20 mln evro so‘rashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Chalxanoglu uchun Bundesliga begona emas. Boisi, u “Milan”ga o‘tguniga qadar bir necha mavsum Leverkuzenning “Bayer” klubida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Xakan Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar