"Chelsi" Fabregasga A Seriyadan o‘rinbosar topdi
Londonning "Chelsi" klubi "Kalyari" yarim himoyachi Nikolo Barella uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
“Aristokratlar” ushbu futblchini tez orada “Monako”ga ko‘chib o‘tishi aytilayotgan Sesk Fabregasga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq 21 yoshli italiyalik futbolchiga "Napoli", "Inter" va "Milan" klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘z navbatida “Kalyari” uni 50 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Barella joriy mavsum “Kalyari” safida jami 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar