
“Chelsi” Jeko uchun 30 mln to‘lashga tayyor
Londonning “Chelsi” klubi “Roma” hujumchisi Edin Jekoni sotib olish fikridan qaytmayapti. Sky Sports xabariga ko‘ra, “aristokratlar” bosniyalik forvard uchun 26 mln funt (tahminan 30 mln evro) to‘lashga tayyorlar.
Xabarda aytilishicha, Jeko “Chelsi”dan 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma va haftasiga 90 ming funt maosh talab qilmoqda.
Ilgariroq, “Chelsi” Edin Jeko va Emersonlarni 50 mln evroga sotib olishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Biroq keyinchalik rimliklar “Chelsi”ning taklifi ularga ma’qul kelmaganligini aytishgan edi.
Fikrlar