"Chelsi" futbolchisi mavsumni Italiyada yakunlaydi
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi David Dzappakosta tez orada "Latsio" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda Il Messaggero xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rimliklar 26 yoshli futbolchini keyinchalik 15 mln evroga sotib olish huquqi bilan mavsum yakuniga qadar ijaraga olishadi.
Ma’lumot uchun, Dzappakosta joriy mavsum “Chelsi” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar