"Chelsi" qishda hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi

  • 23.10.2018 15:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi qishki transferlar davrida o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda CalcioMercato nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “aristokratlar” skautlari ayni damda “Bayer” klubi vingeri Leon Beylini kuzatib borishmoqda. Ta’kidlash lozimki, londonliklar 21 yoshli yamaykalik futbolchini yozgi transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunib ko‘rishgan edi. Biroq, ularning bu urinishlari samarsiz yakun topgandi. Ammo, shunga qaramay “Chelsi” rahbariyati Beylini qo‘lga kiritishga yana bir bor urunib ko‘rishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Beyli joriy mavsum leverkuzenliklar safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “Bayer” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!