"Chelsi" skautlari Milan derbisida "Milan" himoyachisini kuzatishdi

  • 23.10.2018 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" himoyachisi Alessio Romanoli "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” skautlari 23 yoshli italiyalik futbolchini A Seriyaning o‘tgan turida “Inter”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Milan derbisida stadiondan turib kuzatishgan. Ma’lumotlarga qaraganda Romanoli ushbu bahsda londonliklarda ijobiy taassurot qoldirgan.

Ta’kidlash lozimki, “Chelsi” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa himoyasilari Andreas Kristensen va Gari Kexilllarga u qadar katta ishonch bildirmayapti. Shu sababli ham qishda jamoaga himoyachi olib kelmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Alessio Romanoli “Milan” safiga 2015 yil “Roma”dan 25 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!