"Chelsi" va "Tottenxem" 20 yoshli senegallik futbolchi uchun kurash boshladi

  • 27 sentabr, 2018, 20:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Renn" klubi vingeri Ismoil Sarr APL grandlarining qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda 20 yoshli Senegal terma jamoasi a’zosini Londonning ikki klubi -"Chelsi" va "Tottenxem" o‘z safida ko‘rmoqchi. Bundan tashqari, Sarrga shuningdek “Arsenal” va “Inter”dan ham qiziqishlar bo‘lmoqda. Biroq, futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida “aristokratlar” va “shporlar” tilga olinishmoqda.

Ma’lumot uchun, Sarr joriy mavsum Frantsiya chempionatida o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Renn” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!