"Chelsi"ning qishki transferlardagi asosiy "nishoni" ma’lum bo‘ldi

  • 30.12.2018 13:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSV vingeri Irving Losano faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli meksikalik futbolchiga "Chelsi"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Gap shundaki, “aristokratlar” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa rahbariyatidan yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘ida aynan mana shu futbolchini sotib olishni so‘ramoqda.

Qayd etish lozimki, JCh-2018 kashfiyotlaridan biriga aylangan Losanoning transferi “Chelsi”ga taxminan 40 mln evroga tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Losano joriy mavsum PSV safida jami 27ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning eyndxovenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!