Cherchesovning Rossiya terma jamoasidagi taqdiriga oydinlik kiritildi

  • 09.07.2018 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rossiya futbol ittifoqi mamlakat terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Xabarlarga qaraganda 54 yoshli mutaxassis bilan 2022 yilga qadar shartnomani uzaytirish rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Cherchesov Rossiya terma jamoasini 2020 yilgi Evropa chempionati hamda 2022 yilgi mundialga tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Cherchesov boshqaruvidagi Rossiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatining guruh bosqichidan chiqdi va chorak finalga qadar etib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!