Chex yana "Arsenal"ning asosiy tarkibiga qaytdi

  • 31.10.2018 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni Petr Chex bugun Angliya liga kubogi doirasida "Blekpul"ga qarshi bo‘ladigan bahsni asosiy tarkibda boshlaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, chexiyalik posbon mavsumni asosiy tarkibda boshlagan edi. Ammo, jarohati sabab bir necha o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi, ushbu vaqt mobaynida uning o‘rnini germaniyalik Bernd Leno egalladi.

“Bizning darvozabonlarimiz har bir o‘yinda har qanday holatda yordamga tayyor bo‘lishi kerak. Biz har bir darvozabonga ishonch bildirishni xohlaymiz. “Blekpul”ga qarshi bahsni jarohatidan sog‘ayib qaytgan Petr Chex asosiy tarkibda boshlaydi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" - "Blekpul" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!