Darya Gavrilova qiyin o‘yinda zafar quchdi
Frantsiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan "Katta dubulg‘a" turkumidagi ikkinchi musobaqaning navbatdagi bosqichida avstraliyalik Darya Gavrilova g‘alaba qozondi.
"Rolan Garros" turnirining ikkinchi davrasida Darya amerikalik Bernarda Peraga qarshi uch set o‘ynab, yakunda 5:7, 7:5, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Frantsiya ochiq chempionatining uchinchi davrsida Gavrilova belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar