
De Rossi Pirloga etib oldi
Rimning "Roma" klubi hamda Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniele De Rossi kecha JCh-2018 saralashi doirasida bo‘lib o‘tgan Isroilga (1:0) qarshi bahsda ishtirok etdi. Aytish kerakki, bu 34 yoshli futbolchining «skuadra adzurra» safidagi 114-o‘yini bo‘ldi.
De Rossi bu borada Andrea Pirloga etib oldi. Bu boradagi eng yaxshi natija Janluiji Buffonga tegishli - 171ta uchrashuv. 2- va 3-o‘rinlar Fabio Kannavaro (136) hamda Paolo Maldiniga tegishli (126).
Fikrlar