
Debyut o‘yin tarixiy o‘yinga aylandi
Frantsiya terma jamoasi darvozaboni Alfons Areolya kecha UEFA Millatlar ligasi musobaqasidan o‘rin olgan Germaniyaga (0:0) qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
E’tiborlisi, 23 yoshli PSJ darvozaboni Frantsiya futboli tarixida jahon chempionligidan so‘ng ilk bahsda debyut qilgan birinchi darvozabonga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Areolya garchi JCh-2018 qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsada, butun musobaqa davomida birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan edi.
Fikrlar