Del Potro kubok uchun barmog‘ini qurbon qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Devis kubogi finalida Xorvatiyaga qarshi o‘tkazilgan drammatik uchrashuvda muhim pallada umumiy hisobni tenglashtirib, jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan Xuan Martin del Potro so‘nggi setni qinggan barmoq bilan o‘tkazganini tan oldi.
 
- Men to‘rtinchi uchrashuvning beshinchi setida to‘pni ushlayman deb, barmog‘imni sindirib oldim, - deydi Xuan Martin del Potro. - Biroq, uchrashuvni davom ettirib, faoliyatimdagi eng yorqin g‘alabalardan birini qo‘lga kiritdim. Aslida bungacha faoliyatimni yakunlashga yaqin edim.
 
Devis kubogi finalining dastlabki ikki kunidagi o‘yinlardan so‘ng Xorvatiya 2:1 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq, Xuan Martin del Potro barmog‘i singgan uchrashuvda Marin Chilichni 6:7 (4:7), 2:6, 7:5, 6:4, 6:3 hisobida engib, umumiy hisobni tenglashtirdi.
 
So‘nggi bahsda Federiko Delbonis raqibi Ivo Karlovichni mag‘lub etdi va Argentina terma jamoasi uzoq kutilgan sovrin - Devis kubogiga ega bo‘ldi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!