Denis Istominning "benzini" tugab qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkachisi Denis Istominning "Katta dubulg‘a" turkumidagi Avstraliya ochiq chempionatida ko‘rsatgan o‘yini hamon mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda.
Xususan, rossiyalik mashhur tennischi va hozirda murabbiylik qilayotgan Andrey Chesnokov ham Denis Istomin o‘yini haqida gapirdi.
Jurnalist taniqli mutaxassis Andrey Chesnokovga savol berar ekan, to‘rtinchi bosqich uchrashuvida Denis Istominning kutilmaganda sonidan jarohat olishi bolgariyalik Grigor Dimitrovning g‘alaba qozonishida bosh omil bo‘lganini ta’kidladi.
- Menimcha, Denis Istominning "benzini" tugab qoldi, - dedi bu savolga javob bergan Andrey Chesnokov. - Denis ketma-ket uchinchi marta sensatsion natija qayd etolmadi. Bu ketma-ket uchinchi marta marafon yugurgandek gap. Oxir oqibat bu uning jismoniy holatiga ta’sir qildi.
Denis Istomin Avtsraliya ochiq chempionatida ikkinchi raqamda saralangan Novak Jokovich, 31-raqam egasi Pablo Karreno Bustani mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasi uchun bahsda jarohat sababli jahon reytingida 15-o‘rinda borayotgan Grigor Dimitrovga yutqazib qo‘ydi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!