Desham Mbappeni Trezege va Anrilarga qiyosladi

  • 22.07.2018 09:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 19 yoshli hujumchi Kilian Mbappe haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“1998 yil David Trezege va Terri Anrilar ham huddi Kilianning yoshida edilar, lekin u kabi jamoaning muhim o‘yinchilari emasdilar. Mbappe allaqachon etuk futbolchiga aylanib ulgurdi. Uning Frantsiya terma jamoasi safida o‘ynayotganidan xursandman”, - deydi Desham.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe yaqinda yakunlangan JCh-2018 davomida o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi va yakunda FIFA tomonidan musobaqaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!