
Desham jarohatlangan Pogba va Marsyal o‘rniga terma jamoaga APLdan kimlarni chaqirdi?
"Manchester Yunayted" klubi futbolchilari Pol Pogba va Antoni Marsyal jarohati sabab noyabr oyidagi o‘yinlarda Frantsiya terma jamoasiga yordam berisholmaydi.
Shu bois bosh murabbiy Dide Desham ushbu ikki futbolchi o‘rniga APLda to‘p surayotgan boshqa bir frantsiyalik futbolchilar - Aleksandr Lyakazatt (“Arsenal”) va Mussa Sissokolarni (“Tottenxem”) taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, amaldaga jahon chempionlari dastlab 16 noyabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida Gollandiyaga qarshi, so‘ngra esa 20 noyabr kuni Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Fikrlar