Deyan Lovren: Har bir o‘yin "Liverpul" uchun final

  • 27.12.2018 14:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren kecha "Nyukasl" (4:0) ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Bor e’tiborimiz o‘zimizning o‘yinlarimizga qaratilgan. Har bir uchrashuv biz uchun finalga teng. Xuddi shu ruhni saqlab qolishimiz kerak. Hozir har bir bahs juda katta ahamiyatga ega”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda 51 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!