Dibala PSJga o‘tishi mumkinligiga sha’ma qildi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala PSJga ko‘chib o‘tishi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli argentinalik futbolchiga shuningdek "Manchester Siti" va "Bavariya"dan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
“Kelajakda meni nimalar kutayotgani haqida aniq ayta olmayman. Futbolchi faqatgina bugungi o‘ynayotgan jamoasi haqida ishonch bilan gapirishi mumkin.
Men hozirda Turinda baxtliman. “Yuventus”da o‘ynashni bir umr orzu qilganman. Kelajakda nimalar bo‘lishini esa bilmayman.
Frantsuz jamoasiga o‘tish? Hamma narsa bo‘lishi mumkin”, - deydi Dibala.
Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum “Yuve” safida jami 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol va 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar