
Dik Advokat Gollandiya grandlaridan birini boshqarishi mumkin
Gollandiyalik mashhur mutaxassis Dik Advokat "Feyenoord" klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda Voetbal International nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra "Feyenoord" rahbariyati aynan 71 yoshli murabbiyni ushbu lavozimga asosiy nomzod sifatida ko‘rishmoqda. Ayni damda tomonlar o‘zaro muzokaralarni faol olib borishmoqda.
Ta’kidlash kerakki, "Feyenoord"ning amaldagi bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst mavsum yakunlangach jamoadan ketishini e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Advokat ayni damda Gollandiyaning “Utrext” klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar