Dilshod Ahmadaliev: Yoshimni kichraytirganim rost, ammo buni murabbiy bilmasdi...

  • 16.07.2018 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ma’lumki, qishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati yoshini kichraytirish va shunga o‘xshash boshqa qoida buzarliklarni aniqlagan holda bir qator o‘yinchilarni futboldan chetlatlandi va ularning orasida “Bunyodkor” a’zosi Dilshod Ahmadaliev ham bor edi. Futbolchi SPORTS.uz muhbiri bilan bo‘lgan suhbatda o‘z aybini tan olib, chindan ham yoshini kichraytirgani tan oldi.

- Tabiiyki, buni o‘zimiz ham kutmagandik. Ayting-chi, O‘FA tomonidan aytilganidek yoshni kichraytirish borasida qoidabuzarlik sodir bo‘lganmidi?

- Ha, sodir bo‘lgan. Lekin hammasini to‘g‘ri tushunib, olti yil oldin o‘z hujjatlarimni olgandim.

Bundan tashqari futbolchi 2011 yili terma jamoamiz safida Osiyo chempionati saralash bosqichida 1996 yilda tug‘ilgan futbolchi sifatida qatnashganini va o‘sha paytdagi bosh murabbiy Dilshod Nuralievni bundan aslo xabari bo‘lmaganini aytdi

- Siz 2011 yili terma jamoamiz safida Osiyo chempionati saralash bosqichida 1996 yilda tug‘ilgan futbolchi sifatida qatnashgandingiz. O‘shanda bosh murabbiy Dilshod Nuraliev edi. Mavjud vaziyat haqida uning ham xabari bormidi?

- Murabbiy hech nimani bilmasdi.

Dilshod Ahmadaliev bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimizda o‘qishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!