Dilshod Choriev Toshkent Gran Prisi kumush medali sohibi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi bahslarining so‘nggi kuni ham o‘zining hal qiluvchi pallasiga yaqinlashmoqda.

Ayni paytda -90 kg vazn toifasidagi polvonlar medallar uchun tatamiga ko‘tarilishmoqda. Ushbu vazn toifasining final bahsida hamyurtimiz Dilshod Choriev tojikistonlik Komronshoh Ustopiriyonga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan bahsda sportchimiz raqibidan qo‘shimcha vaqtlardagi ogohlantirishlar hisobiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqaning kumush medali sohibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!