
Donnarumma "Milan"da yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
“Milan” klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma kecha Italiya A Seriyasining 15-turida “Torino”ga (0:0) qarshi bahsda ishtirok etdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra bu uchrashuv 19 yoshli posbonning “rossonerilar” safida to‘liq 90 daqiqa o‘ynagan 100-o‘yini bo‘ldi. Umumiy hisobda esa u jami 121ta o‘yinda ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Donnarumma joriy mavsum A Seriyada 15ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 2tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar