Donnarumma maktabni tamomladi
Italiyaning "Milan" klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma 19 yoshida maktabni tamomladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha iqtidorli posbon imtixonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan va o‘rta ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi attestatga ega bo‘lgan.
Eslatib o‘tish lozimki, Donnarumma aslida maktabni o‘tgan yili tamomlashi lozim edi. Biroq, yoshlar o‘rtasida Evropa chempionatida ishtirok etgani uchun imtixonlarda qatnasha olmagandi.
Fikrlar