Dris Mertens: "Milan" ustidan haqli g‘alabaga erishdik
“Napoli” forvardi Dris Mertens kecha A Seriyaning 2-turidan o‘rin olgan “Milan”ga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng qo‘lga kiritilgan qiyin g‘alaba haqida gapirib o‘tdi.
“Bizda kuchli jamoa shakllangan. O‘tgan mavsum biz 91 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldik. Endi biz faqat olg‘a qadam bosib, har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bugun esa biz haqli ravishda g‘alaba qozondik deb o‘ylayman.
Stadionda minglab ishqibozlarni ko‘rganimdan hursandman. Chunki, hozir avgust va ko‘pchilik plyajlarda dam olmoqda. Muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Aynan ular bugungi jangda g‘olib chiqishimizga yordam berishdi”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Fikrlar