Dzyuba Cherchesov Rossiya terma jamoasini JCh-2018da qanday ruhlantirganini aytdi

  • 8 avgust, 2018, 22:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba bosh murabbiy Stanislav Cherchesov JCh-2018 davrida terma jamoa futbolchilarini qanday ruhlantirgani haqida aytdi.

“Murabbiy Stanislav Salamovich Cherchesov bizga shunday dedi: Sizlar jang maydonida oldingi qatorlarda turgan askarlar kabidirsiz va sizlarga ishonadiganlar soni juda kam. Maydonda faqat sizlar borsizlar, boshqa hech kim.

Ushbu so‘zlardan so‘ng tushunib etdikki, biz maydonni yo sharaf bilan, yo haqorat bilan tark etishimiz mumkin. O‘z navbatida biz futbolchilar ham davlatimiz bizdan faxrlanishini istardik. Yakunda esa sehrli turnir va sehrli hissiyotlarni boshdan kechirdik”, - deydi Dzyuba.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi o‘z maydonida o‘tkazilgan mundialda chorak finalga qadar etib bora olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!