EChL. “Lester” o‘zida “Sevilya”ni taslim qilib, chorak finalga chiqdi

  • 15 mart, 2017, 03:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob o‘yinida Angliya chempioni “Lester” o‘z maydonida “Sevilya”ga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan o‘yinda “tulkilar” 2:0 hisobida zafar quchib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (3:2) chorak finalga yo‘l oldi.

Ta’kidlash kerakki, o‘yinning 80-daqiqasida Stiven  N'Zonzi penaltini golga aylantira olmadi. Shu tariqa, Kreyg Shekspir muvaffaqiyat qozonishda davom etmoqda.

Lester – Sevilya 2:0

Gollar: Morgan, 27 (1:0), Olbrayton, 54 (2:0)

Lester Siti: Shmeyxel, Simpson, Xut, Morgan, Fuks, Olbrayton, Ndidi, Marez (Amarti 89), Drinkuoter, Okadzaki (Slimani 64), Vardi.

Sevilya: Riko, Rami, Parexa, Merkado (Mariano 46), Eskudero, Sarabiya (Yovetich 46), Iborra, N'Zonzi, Nasri, Vitolo, Ben-Yedder (Korrea 68).

Chetlatish: Nasri, 74.

Dastlabki uchrashuv: 1:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!