
EChL guruh bosqichining eng chiroyli goliga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi
Xabaringiz bor o‘tgan hafta Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yakun yasalgan edi. UEFA rasmiy sayti esa musobaqaning guruh bosqichida kiritilgan eng chiroyli gol nominatsiyasiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra “Liverpul” a’zosi Sadio Mane (“Spartak” darvozasiga), “Real” futbolchisi Garet Beyl (“Borussiya” Dortmund darvozasiga), “Beshiktosh” a’zosi Jenk Tosun (“Portu” darvozasiga), “Atletiko” futbolchisi Antuan Grizmann (“Roma” darvozasiga), “Roma” a’zosi Stefan El-Shaaravi (“Chelsi” darvozasiga) hamda “Roma” hujumchisi Edin Jekolar (“Chelsi” darvozasiga) ushbu nominatsiyaga nomzod sifatida e’lon qilindi.
G‘olib esa UEFA rasmiy saytida o‘tkazilayotgan so‘rovnoma yakunlariga qarab aniqlanadi.
Fikrlar