Emeri "Arsenal" futbolchilariga mevali sharbat ichishni taqiqlab qo‘ydi
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaning unumdorligini oshirish uchun bir nechta narsalardan voz kechmoqchi.
Ispaniyalik mutaxassis futbolchilarga mevali sharbat ichishni taqiqlab qo‘ydi va shuningdek, jadal mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqda. Buning uchun mashg‘ulotlar maydoni yonidan palatkali mashg‘ulot zal qurgan.
Yuqori bosimdagi taktika kuchli jismoniy tayyorgarlikni ham talab qiladi.
“Arsenal” Emeri boshchiligi ostida APLda bitta g‘alabaga erishdi. “Vest Xem” (3:1). Qolgan ikki o‘yinda “Manchester Siti” va “Chelsi”ga imkoniyatni boy bergan.



Fikrlar