Emeri "Arsenal" rahbariyatidan Mustafini transferga qo‘yishni so‘ramoqda
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa rahbariyatidan germaniyalik himoyachi Shkodran Mustafini transferga qo‘yishni so‘ramoqda.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis 26 yoshli futbolchining joriy mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan qoniqmayapti va shu bois yozgi transferlar davrida undan qutulmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Mustafi “Arsenal” safiga 2016 yil “Valensiya”dan 41 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Mustafi joriy mavsum “kanonirlar” safida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar