Emeri "Arsenal"ga PSJdagi sobiq shogirdini olib kelmoqchi

  • 26.01.2019 13:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ yarim himoyachisi Kristofer Nkunku faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Mirror nashri tarqatgan xabarga qaraganda 21 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Arsenal"dan jiddiy takliflar mavjud. Aniqrog‘i, uni shaxsan “kanonirlar” ustozi Unai Emeri o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Londonliklar Nkunkuni keyinchalik 20 mln evroga sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Nkunku joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!