
Emeri: O‘zilning Lev bilan uchrashishiga qarshilik ko‘rsatmaganman
Avvalroq xabar berganimizdek, "Arsenal" hamda Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil terma jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lev bilan uchrashishni bosh tortgandi. OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, klub bosh murabbiyi Unai Emeri yarim himoyachining Lev bilan uchrashishini taqiqlagan.
- Mesutga Yoaxim bilan suhbatlashishni taqiqlaganim yo‘q. Bu borada jamoada hech qanday muammolar yuzaga kelgani ham yo‘q. Bu bo‘htondir, - dedi Emeri bu maxlumotlarga o‘z fikrini bildirib.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli xavbek JCh-2018dan oldin Germaniya futboli rahbariyatini irqchilikda ayblab, mamlakat bosh jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
Fikrlar