Endi futbol 60 daqiqa o‘ynaladi-mi?!
IFAB (futbol qoidalarini tartibga soluvchi xalqaro futbol uyushmalari kengashi) futbol tomoshabopligini oshirish uchun «Play Fair!» (adolatli o‘yin) deb nomlangan yangi strategiyani ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra, tashkilot 90 daqiqali “qora o‘yin”dan ko‘ra, uchrashuvlar vaqtini “toza” 60 daqiqaga qisqartirishni taklif qilmoqda. Bunda har bir soniya xuddi basketbol yoki xokkeydagi singari hisoblab boriladi.
Bundan tashqari IFAB darvozabon o‘z futbolchisidan qaytgan to‘pni qo‘li bilan jarima maydoni ichkarisida ushlab olganda belgilanadigan erkin zarba o‘rniga 11 metrlik penaltini joriy etishni taklif qilmoqda.
Tashkilotning futbolga kiritishni reja qilgan yana bir o‘zgarishi shundan iboratki, to‘pni atayin qo‘li bilan darvozaga kiritgan futbolchini maydondan chetlatish va aksincha, bo‘sh qolgan darvozaga qo‘l bilan urilgan golni inobatga olish.
Fikrlar