
Eng mohir qilichbozlar Toshkentda jam bo‘lishadi
Joriy yiling noyabr oyida dunyoning eng mohir qilichbozlari poytaxtimizga tashrif buyuradilar.
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi qaroriga muvofiq Toshkentda 11 noyabr kuni erkaklar o‘rtasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha “Satellit" xalqaro turniri o‘tkazilsa, 17-18 noyabr kunlari o‘smir-qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya turi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan barcha qilichbozlik sporti ihlosmandlari, OAV hodimlarini Respublika badiiy gimnastika bo‘yichabolalar-o‘smirlar olimpiya zahiralari sport maktabiga taklif qilamiz.
O‘zbekiston qilich bozlik federatsiyasi matbuot xizmati
Sport majmuasimanzili: Toshkent sh.Yunusobod t. Korxojiota k., 2A - uy.
Fikrlar