Eng zo‘r polvonlar O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
Musobaqada jahon va qit’a miqyosidagi musobaqalarda g‘olib vasovrindor bo‘lgan polvonlarning ko‘pligi bellashuvlarning keskin va murosasiz o‘tishini ta’minladi.
Uch kun davom etgan musobaqalar natijalari SPORTS.uz axborot portalida muntazam yoritib kelinmoqda.
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan surxondaryolik Iskandar Hakimjonov, Muhsin Xisominddinov, buxorolik Shahram Ahadov, qashqadaryolik Davlat Abraev, Shuhrat Arslonov, Ilhom Jo‘raev, toshkentlik Kamoliddin Rasulov O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston chempionatida mahorat ko‘rsatgan va sovrindor bo‘lgan polvonlar yil davomida xalqaro miqyosdagi musobaqalarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Fikrlar