Engilmas Qudratillo “Mexanik”dan chempionlik kamarini himoya qiladi
Professional boksning WBC Silver – kumush kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorovning (11-0-0, 8 KO) navbatdagi jang sanasi va raqibi e’lon qilindi.
Engilmas bokschimiz o‘zining chempionlik kamarini 10 iyul kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkaziladigan professional boks kechasia mezbon bokschi Dmitriy Mixaylenkoga qarshi jangda himoya qilishi lozim.
- Qudratillo Abduqahhorov: Men ko‘zlagan chempionlik kamari Menni Pakyao qo‘lida!
- Qudratillo ayyor raqibini superjangning birinchi raundida nokaut qildi
- Qudratilloning supernokautini tomosha qiling (video)
Aslida WBC Silver kamari Dmitriy Mixaylenkoga (22-1-0, 10 KO) tegishli bo‘lgan biroq rossiyalik bokschi 2016 yili zimbabvelik Charlz Manyuchiga qarshi jangda unvonini boy berdi. Mixaylenko keyinchalik kolumbiyalik Breydis Preskottni nokautga uchratib, qo‘ldan chiqargan sovriniga rasmiy da’vogar maqomini oldi.
Bu orada Charlz Manyuchi 25 mart kuni Singapurda o‘tkazilgan jangda hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorovdan birinchi raundda nokautga uchrab, WBC Silver kamarini o‘zbek bokschisiga topshirdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng jahon reytingida eng kuchli bokschilar qatoriga qo‘shilgan Qudratillo Abduqahhorov uch oy ichida sovrinini himoya qilishi lozim bo‘ldi. O‘zbekistonlik nokautchi bo‘lajak bellashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ayni paytda AQShda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Fikrlar