Engilmas bokschimiz Ulug‘bek Haqberdiev 30 dekabr kuni ringga chiqadi

  • 12.12.2017 12:12
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan o‘zbekistonlik bokschi Ulug‘bek Haqberdiev 30 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Moskvadagi o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu to‘qnashuvda 37 yoshli ugandalik Med Sebyala raqiblik qiladi. Bu bokschi 2007 yili professional faoliyatini boshlab, shu vaqtgacha 28 jang o‘tkazib, 17 g‘alaba, 10 mag‘lubiyat hamda 1 durang qayd etgan.

25 yoshli bokschimiz joriy yilning mart oyida professional ringdagi faoliyatini boshlagan bo‘lib, 4 ta jang o‘tkazdi va ularning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Shulardan ikkitasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!