
Enrike nega Albani terma jamoaga chaqirmagani ma’lum bo‘ldi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike nega "Barselona" himoyachisi Jordi Albani terma jamoaga chaqirmagani ma’lum bo‘ldi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Enrike 29 yoshli futbolchi bilan o‘rtalaridagi eski mojaro sabab uning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qilgan.
Enrike “Barselona”da uning faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lgan sobiq futbolchilar, shu qatori Albaga nisbatan ham qattiqqo‘l bo‘lishda davom etmoqchi.
Fikrlar