"Everton" futbolchisi yangi mavsumni Rossiyada o‘tkazadi
Moskvaning TsSKA klubi "Everton" yarim himoyachisi Nikola Vlashichni o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda Vecernji.hr sayti xabar tarqatmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 20 yoshli xavbek “armiyachilar” safida bir mavsum ijarada to‘p suradi. Ta’kidlash kerakki, moskvaliklar dastavval xorvatiyalik futbolchini 10 mln evro evaziga to‘liq sotib olishni taklif qilishgan edi, biroq mersisaydliklar ushbu taklifga rozi bo‘lishmadi.
Ma’lumot uchun, Vlashich o‘tgan mavsum “Everton” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar