"Everton" yozgi transferlarning so‘nggi kunida Braziliya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 10 avgust, 2018, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Everton” klubi yozgi transferlar derazasi yopilishi arafasida birin-ketin yirik transferlarni amalga oshirdi.

Tecno

Jumladan, Yerri Mina va Andre Gomesh kabi “Barselona” futbolchilarining ortidan, Braziliya terma jamoasi a’zosi Bernard ham “irischilar” tarkibiga kelib qo‘shildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 25 yoshli futbolchi “Everton” safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi. Boisi, 2013 yildan buyon Donetskning “Shaxtyor” klubida to‘p surib kelgan futbolchining “konchilar” bilan amaldagi shartnomasi joriy yoz o‘z nihoyasiga etgan edi.

Ma’lumot uchun, Bernardga shuningdek "Atletiko", "Milan", "Vest Xem" va "Chelsi" kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildirishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!