Evro-2016 finali qahramoni Denisovning jamoasiga g‘alaba va chempionlikni keltirdi

CHERY AUTO

Hozirgina Rossiya Premer-ligasi 29-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” hamda “Zenit” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Moskvadagi “RJD-Arena” stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuvdagi yagona gol Evro-2016 finali qahramoni – Eder tomonidan 87-daqiqada kiritildi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov zaxirada qoldirildi.

Shu tariqa, “Lokomotiv” muddatidan avval Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi va jamoa kelgusi mavsum EChL guruh bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Rossiya Premer-ligasi. 29-tur

Lokomotiv – Zenit 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 87 Eder.

Lokomotiv – Gilerme, Rybus, Chorluka (Peychinovich, 46), Kverkveliya, Farfan, Miranchuk (Eder, 79), Fernandesh, Ignatev, Tarasov, Denisov, Miranchuk (Barinov, 90).

Zenit – Lodygin, Krishito, Mevlya, Smolnikov (Poloz, 81), Kuzyaev, Jirkov (Pletnev, 69), Paredes, Kranevitter, Eroxin, Zabolotnyy, Driussi.

Ogohlantirishlar: Driussi (24), Ignatev (25), Kuzyaev (55), Kranevitter (62), Paredes (67), Mevlya (76), Gilerme (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!