Evropalik tennischi Sabinaning g‘alabasini tan oldi
Birlashgan Arab Amirliklarida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan yana bir tennischimiz - Sabina Sharipova ham turnirni g‘alaba bilan boshladi.
Mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning birinchi davrasida Sabina Sharipova xorvatiyalik Yana Fett bilan raqobalashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahs ikki soatga yaqin davom etdi.
Uchrashuvda hujumkor o‘yin ko‘rsatgan Sabina raqibasidan 7:5, 6:3 hisobida ustun keldi va ikkinchi davraga o‘tdi.

Fikrlar