
"Eyr Fors" "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan durang o‘ynadi
"Paxtakor" klubining OChL ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi raqibi - "Eyr Fors" jamoasi bugun toshkentliklarga qarshi o‘yin oldidan so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.
Ularga "Al Vasat" klubi raqiblik qildi. Mazkur bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" - "Eyr Fors" qarama-qarshiligi 12 fevral kuni soat 15:00 da boshlanadi.
Iroq Superligasi. 15-tur
"Eyr Fors" - "Al Vasat" 1:1
Gollar: Abbos (65 avtogol) - Sadir (8)
Fikrlar