FAKT! “Nasaf” Buxorodagi oxirgi 5 o‘yinning 4 tasida g‘alaba qozongan

  • 23 may, 2018, 14:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikkinchi davrani muvaffaqiyat bilan boshlagan “Nasaf” jamoasi 13-tur uchrashuvini safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 26 may shanba kuni “Buxoro” arenada soat 19:20da boshlanadi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Viktor Serazitdinov mazkur jamoalarning birinchi davradagi, Qarshida bo‘lgan uchrashuvini ham boshqargan edi. Unda qarshiliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o‘zaro 41 marta kuch sinashganlar. O‘zaro bo‘lib o‘tgan  uchrashuvlarning 22 tasida “Nasaf” jamoasining qo‘li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, 10 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g‘alabaga erishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik qarshiliklar tomonida 72-39. “Nasaf”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi - 6:0. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g‘alabaga erishgan. Bu hisoblar Buxoroda qayd etilgan. Qarshida bo‘lib o‘tgan bu yilgi ilk o‘zaro uchrashuvda, “Nasaf” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Buxorodagi uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Buxoroda 20 marta o‘zaro kuch sinashgan “Buxoro” o‘z uyida 10 bor “Nasaf”ni taslim qilgan. 4ta uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. “Nasaf” 6 marta Buxorodan uch ochko bilan qaytgan. O‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 58ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik “Buxoro” tomonida 30-28.

O‘tgan yilgi Buxoroda o‘tgan o‘zaro uchrashuvda mezbonlar kichik, 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan.

Buxoro o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

12.08.2017. “Buxoro” – “Nasaf” 1:0

24.04.2016. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2

12.04.2015. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2

15.08.2014. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2

29.10.2013. “Buxoro” – “Nasaf” 1:5

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

“Buxoro” jamoasi hozirgacha  12 uchrashuv o‘tkazgan va bu uchrashuvlar orqali 21 ochko to‘plagan.  Ular ayni paytda turnir jadvalining 4-pog‘onasini band etib turishibdi. “Nasaf” ham joriy chempionatda 12 uchrashuv o‘tkazdi. To‘plagan ochkolari soni 17ta va turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda. “Ajdarlar” o‘tgan tur uchrashuvini o‘z maydonida “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Safarda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashgan “Buxoro” jamoasi esa, 1:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan yana ma’lumotlar

O‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, “Buxoro” jamoasi darvozasini dastlab “Nasaf”ning sobiq hujumchisi Aleksandr Beynarovich ishg‘ol etgan. Ushbu uchrashuv 1997 yil 8 avgustda Qarshida bo‘lib o‘tgan va “Nasaf” jamoasi raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etgan. Aleksandr Beynarovich 1997 yilda jamoa safida to‘p tepgan. So‘nggi marta “Buxoro” darvozasiga gol  urgan futbolchi Slavko Lukich bo‘lib turibdi. U birinchi davraning  2-turida bo‘lib o‘tgan Qarshidagi uchrashuvda, “ajdarlar”ning uchrashuvdagi uchinchi golini kiritgan edi.

Ayni paytda “Nasaf”da murabbiylik faoliyatini olib borayotgan sobiq futbolchilardan Ro‘ziqul Berdiev, Shuhrat Toshpo‘latov, Nikolay Minchev, Zafar Xolmurodov va Nurali Sultonov ham o‘zaro uchrashuvlarda “Buxoro” jamoasi darvozasiga gol kiritishgan.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, 25 may juma kuni Buxoro shahridagi klub  qarorgohi  maydonida  bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!