
FIFA "Chelsi"ga yangi futbolchilar xarid qilishni taqiqlab qo‘ydi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) intizom qo‘mitasi Londonning “Chelsi” klubiga yaqin ikkita transferlar mavsumida yangi futbolchilar xarid qilishni cheklab qo‘ydi.
FIFA klub tomonidan voyaga etmagan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik bo‘yicha 29 ta qoidabuzarlikni aniqlagan. Yangi o‘yinchilarni qo‘sha olmaslik qarori London klubinini barcha jamoalariga; ayollar va mini-futbol jamoalarga ham tegishli.
Shunday qilib, londonliklar 2019 yilgi yozgi va 2020 yilgi 2020 yili yanvardagi qishki transferlar mavsumida yangi futbolchilarni tarkibga qo‘shib ololmaydi.
Shuningdek, “Chelsi” 600 ming Shveytsariya franki (tax. 599 ming dollar) miqdorida jarima to‘laydi. Klub xalqaro sport hakamlar sudi (CAS)ga shikoyat bildirish huquqiga ega.
2019 yil qishida “Chelsi” ikki nafar futbolchini tarkibga olib keldi. 64 million evroga amerikalik Kristian Pulishich (“Borussiya D”dan) va “Milan”dan Gonsalo Iguain ijaraga olingan.
Fikrlar