FIFA JCh-2022da 48ta terma jamoa ishtirok etish yoki etmasligini qachon e’lon qiladi?
FIFA Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 musobaqasida ishtirokchilar sonining 32tadan 48taga oshirilishi haqidagi o‘rganish natijalarini 15 mart kuni Mayamida bo‘lib o‘tadigan tashkilot kengashida ma’lum qiladi. Bu haqda FIFA bosh kotibi Fatma Samura aytib o‘tdi.
“Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32tadan 48taga etkazish uchun 8tadan ko‘p stadion kerak bo‘ladi. Ayni damda Qatar oldiga 8ta stadion qurish vazifasi yuklatilgan. Agar biz mundial ishtirokchilari sonini oshirishni xohlasak, bizga yana qo‘shimcha 4ta stadion kerak bo‘ladi.
FIFA kengashiga murakkab geopolitik vaziyatda 48ta jamoa formatida qanday qilib jahon chempionatini tashkil etish vazifasini topshirilgan va bu ish natijalari 15 mart kuni FIFA kengashining navbatdagi yig‘ilishida e’lon qilinadi”, - deydi Samura.

Fikrlar