FIFA prezidenti JCh-2022da 48ta terma jamoa ishtirok etishi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi

  • 18 yanvar, 2019, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA prezidenti Janni Infantino yana bir bor Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 musobaqalarida ishtirokchilar soni 48taga etishi mumkinligini aytdi.

Tecno

“Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish JCh-2026dan e’tiboran tadbiq etilishi kelishib olingan. Ammo, hozirda JCh-2022ning o‘zidayoq ushbu ishni amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda va bunga aksariyat futbol federatsiyalari tashabbus bildirishmoqda. Biroq, biz birinchi navbatda buning uchun tashkilotchilar bilan maslahatlashishimiz lozim. Qatarda 48ta terma jamoa ishtirok etadigan jahon chempionatini o‘tkazish qiyin. Shu bois ayrim uchrashuvlarni boshqa davlatda o‘tkazish g‘oyalari ham mavjud”, - deydi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda jahon chempionatlarida 32ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
18/01/2019 13:14
Ана энди жахонга чикамиз